Malida prezident vazifasini bajarayotgan Ba Ndao qo'lga olindi

Mahalliy matbuotda yoritilgan xabarlarga ko’ra, qo'lga olinganlar orasida bosh vazir Muxtor Uan va yangi mudofaa vaziri Sulaymon Dukur ham bor. Ular kecha, 24 may kuni poytaxt Bamako yaqinidagi Kati harbiy bazasiga olib ketilgan.

1644995
Malida prezident vazifasini bajarayotgan Ba Ndao qo'lga olindi

 

Malida vaziyat keskinlashdi.

Harbiylar prezident vazifasini bajarayotgan Ba Ndao, bosh vazir Muxtor Uan va yangi mudofaa vaziri Sulaymon Dukurni hibsga oldi.

Mahalliy matbuotda yoritilgan xabarlarga ko’ra, ular 24 may kuni poytaxt Bamako yaqinidagi Kati harbiy bazasiga olib ketilgan.

Eslatish joizki, Malida 2020 yilning sentyabr oyida harbiy to’ntarish sodir etilgandi. Mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta qo’lga olingandi va o‘tish davri hukumati tuzilgandi. O‘tish davri 1,5 yil davom etishi, uning natijalariga ko‘ra, 2022 yil fevralda saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalangandi.

Mali rahbariyatining hibsga olinishi prezident vazifasini bajarayotgan Ba Ndao tomonidan yangi hukumat tarkibi haqidagi farmonning imzolanishi ortidan yuz bergan. Hukumatning yangi tarkibiga avvalgi hukumatdan ichki ishlar va mudofaa vaziri kiritilmagan. Buning biror sababi keltirilmagan.

Prezident vazifasini bajarayotgan Ba Ndao va bosh vazirning hibsga olinishi harbiylarning yangi hukumat tarkibiga e’tirozi bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Turkiyaning Malidagi elchixonasi twitter orqali “Bamakoda harbiylar faollashgani” haqida xabar olganini ma'lum qilgan va Malida yashovchi turk fuqarolarini ogoh bo‘lishga chaqirgan.


Tanlangan kalimalar: #harbiy keskinlik , #Mali

Aloqador xabarlar