Isroildagi sinagogada tribuna qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

So’nggi ma’lumotga ko’ra, hodisa oqibatida 167 kishi jabrlandi. Ikki kishi, shu jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘ldi.

1640661
Isroildagi sinagogada tribuna qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

 

Isroildagi sinagogada tribuna qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq odam jabrlandi.

Mahalliy manbalarning xabar berishicha, Quddus yaqinidagi Givat-Zeev manzilgohida joylashgan sinagogadagi (yahudiylar ibodatxonasi)  tribuna ibodat chog‘ida qulab tushdi.

So’nggi ma’lumotga ko’ra, hodisa oqibatida 167 kishi jabrlandi. Ikki kishi, shu jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘ldi.

Hodisa yuz bergan vaqtda sinagogada jami 650 kishi bo‘lgan. Ular Shavuot bayrami uchun yig‘ilgan.

Givat-Zeev meriyasi xabar qilishicha, sinagoga oxirigacha qurib bitkazilmagan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-aprelga o‘tar kechasi Isroil shimolidagi Meron tog‘i yaqinida Lag ba-Omer diniy festivali paytida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida 45 kishi halok bo‘lib, 100 dan ortig‘i jarohat olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #sinagoga , #Isroil

Aloqador xabarlar