Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan hujumda 15 kishi jarohatlandi

Kobulda Aloqa vazirligi xodimlarini olib ketayotgan mashinaga hujum sodir etildi. Hujum oqibatida 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Kobul xavfsizlik boshqarmasi xodimi Firdavs Faramarz ma’lum qildi.

1601992
Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan hujumda 15 kishi jarohatlandi

 

Afg’oniston poytaxti Kobulda Aloqa vazirligi xodimlarini olib ketayotgan mashinaga hujum sodir etildi. Hujum oqibatida 15 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Kobul xavfsizlik boshqarmasi xodimi Firdavs Faramarz ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu voqea Kobulning Dehn-i Bog’ hududida ro’y bergan. Voqeada 15 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Oxirgi vaqtlarda mamlakat miqyosida davlat idoralari xodimlariga nisbatan suiqasd hujumlari avj oldi. Ularda asosan jurnalistlar, siyosiy faollar, din olimlari, davlat xodimlari va xavfsizlik kuchlari nishonga olinmoqda.

Afg’oniston hukumati ushbu hujumlar tufayli Tolibonni ayblamoqda. Tolibon esa, hujumlarga hech qanday aloqasi yo’qligini ilgari surmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar