Bobdagi terror hujmida tinch aholidan bir kishi halok bo‘ldi

Suriyada YPG/ PKK tomonidan uyushtirilgan hujumda tinch aholidan bir kishi halok bo‘lar ekan yana bir kishi tan jarohati oldi.

1584168
Bobdagi terror hujmida tinch aholidan bir kishi halok bo‘ldi

Suriyada YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan Bobda uyushtirilgan hujumda tinch aholidan bir kishi halok bo‘lar ekan yana bir kishi tan jarohati oldi.

YPG/ PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida 2019 - yilning 22 - oktabri kuni qo‘l qo‘yilgan kelishuv asosida tark etishi kerak bo‘lgan Manbij tumanini, terror harakatlari uyushtirish uchun baza sifatida foydalanishdan voz kechmadi.

Terror tashkiloti bosib olgan Manbijdan Turk Qurolli kuchlari tomonidan (avgust 2016 - mart 2017) “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqadagi Bobning sharqida o‘rin olgan Um Adese va Sukkeriyya qishloqlariga qarshi hujum uyushtirdi.

Hujumda, Um Adesedagi ilk aniqlashlarga ko‘ra tinch aholidan bir kishi halok bo‘lar ekan, yana bir kishi tan jarohati oldi.

YPG/ PKK terror tashkilotining 8 - fevral kuni ham Bob tuman markaziga qarshi uyushtirgan raketa hujmi natijasida, tinch aholidan 9 kishi tan jarohati olgandi va ulardan 3 nafari yosh bola bo‘lgan.  


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Bob , #YPG/ PKK

Aloqador xabarlar