Pokistondagi “Atatürk” nomidagi harbiy mashg‘ulot, 3 hafta davom etadi

Turkiya - Pokiston o‘rtasida bugun boshlagan “Atatürk” nomidagi harbiy mashg‘uloti 3 hafta davom etadi.

1579909
Pokistondagi “Atatürk” nomidagi harbiy mashg‘ulot, 3 hafta davom etadi

Turkiya bilan Pokiston o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan “Atatürk harbiy mashg‘uloti 2021”, Xayber Paxtunxva viloyatiga qarashli Tarbela mintaqasida uyushtirilgan marosim bilan boshladi.  

Pokiston Qurolli kuchlari Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, ikkala o‘lkaning qurolli kuchlari o‘rtasida ijro etiladigan ushbu mashg‘ulotning 3 hafta davom etishi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, mashg‘ulotning ikki qardosh o‘lka o‘rtasidagi aloqalarni yana - da mustahkamlashi ta’kidlandi.

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi 4 - yanvarda bergan bayonotida, Turkiya - Pokiston harbiy mashg‘ulotinnig 4 - fevralda boshlab, 20 - fevralda tamomlanishi va Pokistonda ijro etilishini bildirgandi.  

Turkiya - Pokiston o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar, 1998 - yildan beri ikki mamlakat o‘rtasida navbat bilan yo‘lga qo‘yilib kelinmoqda.

Mashg‘ulot Turkiyada ijro etilganida “Jinnah” nomidagi harbiy mashg‘uloti, Pokistonda ijro etilganida esa “Atatürk” nomidagi harbiy mashg‘uloti degan nom ostida yuritilmoqda.

 



Aloqador xabarlar