Myanmada harbiy to'ntarish sodir etildi

Myanma qurolli kuchlari davlat boshqaruvini qo’lga oldi. Bugun tongda Myanma prezidenti Vin Min bilan davlat kengashi rahbari va tashqi ishlar vaziri Aung San Su Chji va boshqa siyosiy yetakchilar qo‘lga olindi.

1575018
Myanmada harbiy to'ntarish sodir etildi

 

Myanma qurolli kuchlari davlat boshqaruvini qo’lga oldi. Bugun tongda Myanma prezidenti Vin Min bilan davlat kengashi rahbari va tashqi ishlar vaziri Aung San Su Chji va boshqa siyosiy yetakchilar qo‘lga olindi.

Myanma qurolli kuchlari telekanalida e'lon qilingan bayonotga ko‘ra, hukumat qurolli kuchlar tomonidan to’ntarildi. Bundan buyon davlat boshqaruvi qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aun Xlaing qo’liga o‘tdi.

Mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat joriy etildi.

So‘nggi oylarda mamlakat rahbariyati bilan qurolli kuchlar rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yilning noyabr oyida o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalaridan so’ng keskinlashgandi. Qo’shin rahbariyati hukmron Suu Chji partiyasining g’alabasi bilan yakunlangan saylovlarda qalbakilikka yo’l qo’yilganligini ilgari surgandi.

Avvalroq, Myanma qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni agar qonunlar ijrosi amalga oshirilmasa, konstitutsiyani bekor qilish bilan tahdid qilgandi.

Myanma parlamentining birinchi yig‘ilishi esa bugun, 1 fevralda o‘tkazilishi kutilayotgandi.

Eslatish joizki, noyabr oyida bo’lib o’tgan saylovlarda “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi parlamentdagi 476 o‘rindan 396tasini qo‘lga kiritib, g‘alaba qozongandi. Bu partiyaga yana besh yilga hukumatni shakllantirish imkoniyatini bergandi. Harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Birdamlik va ittifoq taraqqiyoti partiyasi esa 33ta o‘ringa ega bo‘lgan. Harbiylar natijalarni soxtalashtirish holatlaridan shikoyat qilib, Oliy sudga murojaat qilgandi. Saylov komissiyasi esa saylov natijalarini soxtalashtirish bo’yicha dalil topa olmagandi.


Tanlangan kalimalar: #harbiy to'ntarish , #Myanma

Aloqador xabarlar