Jo Bayden prezidentligining ilk kuni 17ta farmonni imzoladi

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimini rasman bajarishga kirishdi. U Oq uyda avvalo AQShni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga va Iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytaruvchi farmonlarga imzo chekdi.

1568259
Jo Bayden prezidentligining ilk kuni 17ta farmonni imzoladi

 

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimini rasman bajarishga kirishdi.

U Oq uyda avvalo AQShni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga va Iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytaruvchi farmonlarga imzo chekdi. Sobiq prezident Donald Tramp 2017 yilda AQShning ushbu kelishuvdan chiqishini e'lon qilgandi. Tramp bu kelishuvni AQSh uchun befoyda deb topgandi.

Bundan tashqari, Jo Bayden lavozimni bajarishga kirishishi bilanoq prezidentligining ilk kuni 17ta farmonni imzoladi:

Meksika bilan chegaradagi vaziyat sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini bekor qilish;

Bir qator musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga kirishiga taqiqlovni bekor qilish;

Kanada bilan Keystone XL neft quvuri qurilishini to‘xtatish;

Global xatar – COVID-19 tufayli yuz niqobi taqish rejimini kiritish shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Bayden 20 yanvarni Milliy birdamlik kuni deb e'lon qildi. 


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar