JSST hay’ati Covid-19 masalasi ustidan bugun Xitoyga jo‘nab ketadi

JSST hay’ati Covid-19ning kelib chiqish sabablarini izlashtirish uchun bugun Xitoyga jo‘nab ketadi.

1563160
JSST hay’ati Covid-19 masalasi ustidan bugun Xitoyga jo‘nab ketadi

Jahon Sog‘likni Saqlash tashkiloti (JSST) nomidan mutaxassislar yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining kelib chiqish sabablarini izlashtirish maqsadidda bugun Xitoyga jo‘nab ketadi.

Xitoy Sog‘likni saqlash milliy komissiyasi, JSST hay’atining tashrifi haqida qisqacha bayonot chop etdi.

Ushbu bayonotga ko‘ra JSST mutaxassislaridan tashkil topgan hay’at xitoylik kasbdoshlari bilan uchrashadi.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Xua Chunying, 6 - yanvar kuni uyushtirgan matbuot anjumanida, Covid - 19 ning kelib chiqish sababining izlashtirilishi uchun tashkilot bilan maslahat ichida ekanliklarini bayon etgandi.

JSST Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Gebreyesus 5 - yanvar kuni bergan bayonotida, Covid - 19 ildizini izlashtirish uchun Xitoyga borishi kutilgan xalqaro olimlar kengashining vaziyati haqida,

“Xitoylik rasmiylarning Xitoyga boradigan hay’at uchun kerakli ruxsatni hanuz bermaganligi haqida ma’lumot oldik. Hay’atning ikki a’zosining (Xitoyga bo‘lgan) safarini allaqachon boshlagani va qolganlarining ham oxirgi daqiqada sayohat qilolmasligi haqidagi xabar meni katta umidsizlikka tushirdi”. - degan ifodalarga o‘rin bergandi.

JSST qoshidagi Favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mayk Ryan esa viza muammosining JSST ilmiy hay’atining Xitoyga kirishiga to‘siqlik qilganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Covid-19

Aloqador xabarlar