Putin bilan Makron, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni qo‘lga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Fransiya Davlat rahbari Emmanuel Makron bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni qo‘lga oldi.

1550432
Putin bilan Makron, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni qo‘lga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Fransiya Davlat rahbari Emmanuel Makron bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni qo‘lga oldi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Putin bilan Makron telefon orqali muloqat qilgan.

Muloqatda Putin mintaqadagi vaziyatning yaxshilangani, Ozarbayjon, Armaniston va Rossiyaning 10 - noyabrda Tog‘li Qorabog‘da o‘q uzishni to‘xtatishni talab qilgan mushtarak bayonotdagi shartnomalarning yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlagan.

Ikkala lider Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (AGIT) Minsk guruhi asosida Tog‘li Qorabog‘ masalasining turli jihatlari to‘g‘risidagi koordinatsiyaning davom ettirilishiga tayyor ekanini tasdiqlagan.

Ukrainaning sharqi masalasi ham qo‘lga olingan muloqatda Putin bilan Makron, muammoni hal qilish borasida 2015 - yili tuzilgan Minsk va 2019 - yilning 9 - dekabrida bo‘lib o‘tgan Normandiya sammitidagi shartnomalarning yo‘lga qo‘yilishi masalasidagi tashabbuslarning faollashtirilishiga to‘xtalgan.  

Rossiya tomonidan Donbasga maxsus status berilishi va “Steinmeier formulasi”ning Ukrainaning qonuniga doxil etilishi kerakligi ta’kidlangan muloqat chog‘ida, Normandiya formati doirasida faoliyatlarning davom ettirilishi masalasida kelishib olindi.

Uchrashuvda Suriya va Liviyadagi vaziyat ham baholandi. Tomonlar, Liviyadagi o‘q uzishning to‘xtatilishi jarayonining yo‘lga qo‘yilishi va barcha kuchlar ishtirokida siyosiy jarayonning rivojlantirilishining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Ikkala lider Eron yadroviy kelishuvning himoya qilinishi haqidagi tashabbuslarning birlashtirilishiga ehtiyoj tug‘ilganini ham tilga oldi.



Aloqador xabarlar