AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi harbiylari sonini 2,5 minggacha kamaytirmoqchi

“2012 yil 15 yanvardan boshlab, Afg’onistondagi harbiylarimiz sonini 2500ga tushiramiz. Iroqdagi harbiylarimiz sonini ham ayni shaklda 2500ga ozaytiramiz”,-deb aytgan AQSh mudofaa vaziri lavozimini bajarayotgan Kristofer Miller.

1529833
AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi harbiylari sonini 2,5 minggacha kamaytirmoqchi

 

AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi harbiylari sonini 2,5 minggacha kamaytirmoqchi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri lavozimini bajarayotgan Kristofer Miller ma’lum qilgan.

“2012 yil 15 yanvardan boshlab, Afg’onistondagi harbiylarimiz sonini 2500ga tushiramiz. Iroqdagi harbiylarimiz sonini ham ayni shaklda 2500ga ozaytiramiz”,-deb aytgan Miller matbuotga bergan brifingda.

Uning ta’kidlashicha, bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilingan bo’lib, u milliy xavfsizlik manfaatlariga mos keladi. Ayni vaqtda, ushbu masala yuzasidan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani hamda boshqa bir qator ittifoqdosh davlatlarning rahbarlari bilan maslahatlashilgan.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Afg‘onistonda 4,5 ming, Iroqda esa 3 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmat o’tamoqda.

2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan hujumlardan so’ng Afg’oniston va Iroq ishg’oli bilan boshlangan urushga chek qo’yilishini aytgan Kristofer Miller: “Farzandlarimizni ushbu tubi ko’rinmagan urushlarning og’ir yukidan qutqaramiz”,-dedi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Afg‘oniston va Iroqdagi barcha harbiylar 2021 yil may oyigacha qaytishiga umid bildirgan.  

“Iroq va Afg‘onistonda qoladigan harbiylarimiz AQSh diplomatik vakolatxonalari va hukumat ob’yektlari himoyasini ta'minlaydi. Prezident Tramp may oyigacha ularning barchasi sog‘-salomat va to‘liq uyga qaytishlariga umid qilmoqda”,- deb ma'lum qilgan Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayyen.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Afg'oniston , #AQSh

Aloqador xabarlar