Sergev Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muloqot qildi

Lavrov va Pompeo Rossiya va AQSh o‘rtasidagi har qanday tushunmovchilikni muloqot orqali bartaraf etish mumkinligini ta’kidlashdi.

1473909
Sergev Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muloqot qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergev Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot Amerika tomonining tashabbusi bilan uyushtirilgan.

"Muloqotda kun tartibidagi eng so‘nggi va dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Eronning yadroviy kelishuvi muhokama qilindi. Qolaversa, Putinning BMT xavfsizlik kengashiga doimiy a'zo mamlakatlar bilan bir qatorda, Germaniya va Eron yetakchilarini sammitga taklif qilgani eslatildi",-deyiladi xabarda.

Muloqotda Rossiya tomoni Eron yadroviy kelishuvining amalga oshirilishi xususida xalqaro huquqiy asos tashkil qilgan BMT xavfsizlik kengashining 2231 sonli qarorini qo'llab quvvatladi.

Lavrov va Pompeo Rossiya va AQSh o‘rtasidagi har qanday tushunmovchilikni muloqot orqali bartaraf etish mumkinligini ta’kidlashdi.


Tanlangan kalimalar: #Mayk Pompeo , #Sergey Lavrov

Aloqador xabarlar