Livan poytaxti Bayrutda dahshatli portlash ro'y berdi

Bugun, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda sobiq bosh vazir Saad al-Haririyning uyi yaqinida sodir bo'lgan portlashda dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 10 kishi halok bo’lgan.

1467067
Livan poytaxti Bayrutda dahshatli portlash ro'y berdi

 

Bugun, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda sobiq bosh vazir Saad al-Haririyning uyi yaqinida vayronkor portlash ro‘y berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlashda 10 kishi halok bo’ldi.

Poytaxt Bayrut porti yaqinlarida ro’y bergan portlashda Saad al-Haririyning uyi va atrofdagi binolar zarar ko’rgan.

Portlash sodir bo‘lgan binodan 10 kilometrgacha bo‘lgan inshootlar zarar ko‘rgan, oynalari singan, devorlari qulagan. Jarohatlanganlar soni ko’pligi aytilmoqda.

Reuters xabar agentligi Livan xavfsizlik manbalariga tayanib, voqeada 10 kishi halok bo’lganligini xabar qildi.

Portlashda hukumat binosi ham zarar ko’rgan. Dastlabki xabarlarda ushbu portlash pirotexnika vositalari saqlangan omborda ro'y bergani aytilgan bo‘lsa, keyinroq binoda kimyoviy vositalar saqlangani haqida ham ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Haririyning vaziyati yaxshi ekanligi xabar qilindi.

Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Bayrut , #Livan

Aloqador xabarlar