Gretsiya poytaxti Afinada qochqinlar namoyishi bo'lib o'tdi

Namoyishda taxminan 11 ming qochqinni uy va lagerlardan chiqarish to’g’risidagi hukumat qarori qoralandi.

1440152
Gretsiya poytaxti Afinada qochqinlar namoyishi bo'lib o'tdi

 

Gretsiya poytaxti Afinada 20 iyun xalqaro qochqinlar kuni munosabati bilan namoyish o’tkazildi.

Namoyishda taxminan 11 ming qochqinni uy va lagerlardan chiqarish to’g’risidagi hukumat qarori qoralandi.

Boshpanasiz qolish xavfiga uchragan qochqinlar Afina maydonida to’plandi.

“Qochqinlarni haydashni bas qiling!” shiori bilan chiqish qilgan namoyishchilar parlament binosi joylashgan Sintagma maydonigacha yurib bordi.

Namoyishlarga taxminan 2 ming atrofida qochqin qatnashdi. Ular hukumatni bu qaroridan voz kechishga chaqirdi.

Gretsiya hukumati poytaxt Afina va boshqa katta shaharlarda yashovchi taxminan 11 ming qochqinni Yevroittifoq tomonidan byudjet ajratilgan holda joylashtirilgan uylardan ko’chirishni rejalamoqda.

Bo’shatilgan uylarga Egey orollaridagi lagerlarda yashayotgan qochqinlarni joylashtirish va ushbu lagerlardagi qochqinlar sonini kamaytirish maqsad qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #qochqin , #Gretsiya

Aloqador xabarlar