Gretsiya poytaxti Afinada muhojirlar namoyish o'tkazdi

Muhojirlar hukumatdan ular uchun ma'lum bir yashash joyi ajratilishini talab qilishmoqda.

1424741
Gretsiya poytaxti Afinada muhojirlar namoyish o'tkazdi

 

Gretsiya poytaxti Afinada muhojirlar Yevropa Ittifoqi ofislari joylashgan bino oldida namoyish o'tkazdi. 

Ularga BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissariyati tomonidan berilgan turar-joy yordamining muddati may oyi oxirida to'ladi. Shu sababli ular boshpanasiz sargardon bo'lishdan xavotirda. Hukumatdan muhojirlar uchun ma'lum bir yashash joyi ajratilishini talab qilishmoqda.

Namoyishlarga taxminan 200 atrofida muhojir qatnashdi. Ular "Yashash uchun joy istaymiz" deb hayqirgan holda, turar-joy yordami muddati uzaytirilishini talab qilishdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #muhojir , #Afina , #Gretsiya

Aloqador xabarlar