Afg’onistonda sodir bo'lgan hujumda 15 kishi halok bo'ldi

Poytaxt Kobulning Dasht-i Barchi mintaqasida Chegara bilmas shifokorlar faoliyat yuritadigan kasalxonada qurolli va bomba hujumi amalga oshirildi.

1415864
Afg’onistonda sodir bo'lgan hujumda 15 kishi  halok bo'ldi

 

Afg'onistonning Nangarhar viloyatining Xiva tumanidagi  qo'riqchilar qo'mondoni Shey Akramning dafn marosimida  uyushtirilgan bombali hujum natijasida 15 kishi halok bo'ldi.

Nangarhar viloyati gubernatori voizi Ataullah Xo’gyani hujumda 65 kishi jarohat olganini bildirdi.

Nangarhar viloyati deputati Lala Xon hayotdan ko'z yumgan odamlar orasida ekanligini aytib, Xo’gyani jarohat olganlarning ba'zilarining  og'ir ahvolda ekanligini ta'kidladi.

Hujumni hozircha hech kim o'z zimmasiga olgani yo'q.

Tolibon jangarilari tomonidan mamlakatning G’o’r viloyatidagi qishloqni qo'riqlash markaziga  uyushtirilgan hujumda 4 qishloq qo‘riqlovchi  halok bo'ldi.

G’o’r politsiya boshqarmasi vakili Abdul Maruf Ramish, jangarilar Firuz Ko’h shahri yaqinidagi qishloqni qo'riqlash  markaziga  amalga oshirgan qurolli hujumda 3 jangari jarohat olgani va Tolibon  ham to'qnashuvda  talafot berdi deya qayd etdi.  

Poytaxt Kobulning Dasht-i Barchi mintaqasida Chegara bilmas shifokorlar faoliyat yuritadigan kasalxonada qurolli va bomba hujumi amalga oshirildi.

Poytaxt Kobulning Dasht-i Barchi mintaqasida Chegara bilmas shifokorlar faoliyat yuritadigan kasalxonada qurolli va bomba hujumi amalga oshirildi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi o'rinbosari Merve Aminining matbuotga aytishicha, hujumchilar kasalxonada xavfsizlik kuchlari bilan to'qnashuvga kirishgan va to'qnashuv davom etgan deb bildirdi.

Aminining aytishicha, hududga ko'plab xavfsizlik xizmati xodimlari yuborilgan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, shu paytgacha  to’qnashuv natijasida  4 kishi jarohat olgan.

Ma'lum bo'lishicha, "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti faoliyat ko'rsatadigan shifoxonada bir nechta xorijiy shifokorlar ishlagan.

Tolibon hujumga aloqasi yo'qligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #15 nafar , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar