AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens karantinga olindi

Global xatar - COVID-19 virusi va nihoyat Oq uyga ham yetib bordi. AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bir muddat uydan ishlashga qaror berdi.

1414932
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens karantinga olindi

 

Global xatar - COVID-19 virusi va nihoyat Oq uyga ham yetib bordi.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens o‘zini izolyatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Chunki, uning vakili Katie Millerga COVID-19 virusi bilan kasallanish tashxisi qo'yildi.

Bu haqda Bloomberg agentligi Oq uy manbalariga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 8 may juma kuni Mayk Pensning vakili Katie Millerga COVID-19 virusi bilan kasallanish tashxisi qo’yilgan. So’ngra,  AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ehtiyotkorlik yuzasidan o’zini karantinga olgan.

Mayk Pens kecha, 10 mayda koronavirusga qarshi test qilindi va natija “musbat” chiqdi. Bunga qaramay, u o’zini karantinga olgan va bir muddat uydan ishlashga qaror berganligini ma’lum qilgan.

Pensning karantinga olinganligi haqida Oq uydan biron rasmiy izoh bildirilmadi.

Eslatish joizki, 7 may kuni prezident Donald Trampning yordamchilaridan biriga COVID-19 virusi bilan kasallanish tashxisi qo’yilgandi. 8 may juma kuni esa, Mayk Pensning vakili Katie Millerdan tashqari, Trampning Oq uydagi maslahatchisi va qizi Ivanka Trampning yordamchisida va razvedka xizmatining 11 nafar xodimida virus qayd etilgandi.

Hozirda AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat miqyosida koronavirus qurbonlarining umumiy soni 81 000ga yaqinlashdi. Virus bilan kasallanganlar soni 1,5 mln atrofida.

 



Aloqador xabarlar