Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi otishmada qurbonlar soni 23 kishiga yetdi

Yangi Shotlandiya provinsiyasida sodir etilgan ushbu voqea mamlakat tarixidagi “eng qonli voqea” deb atald

1403309
Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi otishmada qurbonlar soni 23 kishiga yetdi

 

Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasida sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni 23 kishiga yetdi.

18-aprel shanba kechasi 51 yoshli Gabriel Uortman tomonidan Portapikda sodir etilgan otishmada dastlab 16 kishi halok bo’lgani ma’lum qilingandi. Bu otishma 19 aprel yakshanba kuni tushgacha davom etgandi. Otishmalarda jarohatlanganlarning ko'pchiligi og'ir ahvolda edi.

Olingan ma'lumotga ko'ra, Gabriel Uortman voqea sodir etilgan kuni politsiya bilan bo'lgan otishmalar vaqtida o’ldirilgan.

Tegishli vakillar, ushbu hodisa terrorizm bilan aloqador emasligini aytmoqda.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo politsiya xodimlariga minnatdorlik izhor etib, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirdi. Yaradorlarga esa shifo tiladi.

51 yoshli Gabriel Uortmanning nima uchun qotillikka qo’l urganligi hozircha ma’lum emas. Tergov davom etmoqda.

Yangi Shotlandiya provinsiyasida sodir etilgan ushbu voqea mamlakat tarixidagi “eng qonli voqea” deb ataldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Yangi Shotlandiya , #Kanada

Aloqador xabarlar