Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi otishmada 16 kishi halok bo‘ldi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirdi.

1401530
Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi otishmada 16 kishi halok bo‘ldi

 

Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lumotga ko’ra, bu voqea Yangi Shotlandiya provinsiyasida joylashgan Portapik shahrida ro’y bergan.

Halok bo‘lganlar orasida 23 yoshli politsiya xodimi ham bor, shuningdek, yana bir huquq-tartibot organi vakili jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og'ir.

Ta’kidlanishicha, 18-aprel shanba kechasi 51 yoshli Gabriel Uortman Portapikda otishma sodir etgan. Bu otishma yakshanba kuni tushgacha davom etgan.

Tegishli vakillar, ushbu hodisa terrorizm bilan aloqador emasligini aytmoqda.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo politsiya xodimlariga minnatdorlik izhor etib, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirdi. Yaradorlarga esa shifo tiladi.

51 yoshli Gabriel Uortmanning nima uchun qotillikka qo’l urganligi hozircha ma’lum emas.

Yangi Shotlandiya provinsiyasida sodir etilgan "eng qonli voqea" deb atalgan ushbu hodisa haqida boshqa kengroq ma’lumot berilmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Yangi Shotlandiya , #Kanada

Aloqador xabarlar