Nigeriyadagi qurolli hujumlarda 15 kishi hayotdan ko’z yumdi

Plateau shtati politsiya boshqarmasi xodimi Simon Ubah Ogaba ma’lum qilishicha, Plateau shtatida 9 kishi, Nijer shtatida 6 kishi kimligi noma'lum kishilarning hujumida halok bo'lgan.

1399423
Nigeriyadagi qurolli hujumlarda 15 kishi hayotdan ko’z yumdi

 

Nigeriyaning Plateau va Nijer shtatlarida sodir etilgan qurolli hujumlarda 15 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Plateau shtati politsiya boshqarmasi xodimi Simon Ubah Ogaba ma’lum qilishicha, shtatning Huru hududida kimligi noma’lum bir guruh kishilar tomonidan sodir etilgan qurolli hujumda 9 kishi halok bo’lgan. Hujumda ko’plab inson jarohatlangan. 22 ta uy yonib kulga aylangan.

Nijer shtatiga qarashli Shiroro va Madaka qishloqlarida mototsiklda bostirib kelgan bir guruh qurolli kishilar tomonidan sodir etilgan hujumda 6 kishi halok bo’lgan, 5 kishi jarohatlangan.

Mamlakatda hujumlarning avj olganligi tufayli 600 kishi uy-joyini tark etishga majbur bo’lgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Nigeriya

Aloqador xabarlar