Afg’oniston shimolidagi Tolibon hujumi oqibatida 2 kishi halok bo’ldi

Tolibon jangarilari Dara-i Suf Bala tumanining Pas Kol va Charmag’zak qishlog’iga hujum qilgan. Hujumda 2 kishi hayotdan ko’z yumgan, 5 kishi jarohatlangan.

1393801
Afg’oniston shimolidagi Tolibon hujumi oqibatida 2 kishi halok bo’ldi

 

Afg’oniston shimolidagi Samangan viloyati Dara-i Suf Bala tumanida sodir etilgan Tolibon hujumi oqibatida 2 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Samangan xavfsizlik boshqarmasi xodimlari ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Tolibon jangarilari Dara-i Suf Bala tumanining Pas Kol va Charmag’zak qishlog’iga hujum qilgan. Hujumda 2 kishi hayotdan ko’z yumgan, 5 kishi jarohatlangan.

Hujumdan so’ng, xavfsizlik kuchlari bilan jangarilar o’rtasida otishma boshlangan.

Otishmalarda 15 nafar jangari yo’q qilingan, 22 nafariga jarohat yetkazilgan.

Tolibon harakati voqea bilan bog’liq biron izoh bildirmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar