Braziliya va AQSh o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risida kelishuv imzolandi

Mazkur hujjat ikki davlat o’rtasida harbiy vositalar va asbob-uskunalar savdosida byurokratik qiyinchiliklarni kamaytirishni ko’zda tutadi.

1375459
Braziliya va AQSh o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risida kelishuv imzolandi

 

Braziliya va AQSh o’rtasida harbiy aloqalarni mustahkamlash to’g’risida kelishuv imzolandi.

Braziliya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro yakshanba kuni Florida shtatining Palm Beach shahrida uchrashuv o’tkazdi.

Braziliya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Prezidentlarning uchrashuvidan so’ng ikki davlat o’rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat o’rtasida harbiy vositalar va asbob-uskunalar savdosida byurokratik qiyinchiliklarni kamaytirishni ko’zda tutadi.

“Tadqiqot, rivojlantirish, tajriba va o’zgartirish” nomli kelishuv ikki davlatning harbiy salohiyatini oshirish va mudofaa sohasidagi qo’shma loyihalarni amalga oshirishni maqsad qiladi.

AQSh qo’shini qo’mondoni Craig Faller ma’lum qilishicha, ushbu kelishuv mintaqaviy tahdidlarga qarshi kurashda qulaylik yaratadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #kelishuv , #harbiy hamkorlik , #Braziliya , #AQSh

Aloqador xabarlar