Turkiya Albaniyadagi yer silkinishi qurbonlariga yordam berishni davom ettirmoqda

Albaniyada 26-noyabr kuni 6.3 magnitudali yer silkinishi yuz berar ekan oqibatida 51 kishi jon bergandi. Jon berganlardan tashqari 900 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

1330557
Turkiya Albaniyadagi yer silkinishi qurbonlariga yordam berishni davom ettirmoqda

Turkiya Albaniyadagi yer silkinishida ziyon ko’rganlarga yordam berishni davom ettirmoqda.

Turkiyaning Tirana elchixonasiga qarashli Diniy xizmatlar bo’limi tomonidan yer silkinishidan ziyon ko’rgan oilalarga yordam ashyolari tarqatib berildi.

Turkiyaning Din ishlari bo’ycha fondining ko’magi bilan yer silkinishi yuzasidan uylari ziyon ko’rgan va hozirda chodirlarda jon saqlayotgan qurbonlarga portativ krovat va ozqi-ovqat paketlari poytaxt Tirananing Peza tumanida taqdim etildi.  

Voqea yuz bergan birinchi kundan e’tiboran Turkiya nomidan turli tashkilotlar voqea qurbonlariga yordam ko’rsatib, turli xizmatlar berib kelmoqda.

Albaniyada 26-noyabr kuni 6.3 magnitudali yer silkinishi yuz berar ekan oqibatida 51 kishi jon bergandi. Jon berganlardan tashqari 900 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.



Aloqador xabarlar