Germaniya, Turkiya-Suriya chegarasi bilan grek orollarida ortgan muhojirlardan tashvishda

Prezident Erdo'g’an 22-dekabr kuni Suriyaning Idlib shahrida avj olgan to’qnashuv ortidan chegara tomon yo’l olgan muhojirlar oqimi borligini va Turkiyaning bu yukni bundan buyon bir o’zi ko’tarish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

1330578
Germaniya, Turkiya-Suriya chegarasi bilan grek orollarida ortgan muhojirlardan tashvishda

Muhojir oqimidan tashvishlana boshlagan Germaniya kansleri Angela Merkel kelasi yilning yanvar oyidan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Anqarada uchrashmoqchi.

Germaniyada chop etilgan va Süddeutsche Zeitung deb nomlangan gazetada berilgan ma’lumotga ko’ra Angela Merkel yanvar oyida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashish maqsadida Anqaraga tashrif buyuradi.

Unda muhojirlar inqirozi, Suriyadagi oxirgi vaziyat va Turkiya tomonidan harbiy qism yuborilishi rejalashtirilgan Liviya masalasining qo’lga olinishi kutilayotganligi ifoda etilgan.

Ma’lumotda Merkelning Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida 2016-yili qo’l qo’yilgan muhojirlar masalasi haqidagi shartnomaning kelajagidan tashvishda ekanligi ilgari surildi.

Merkelning tashvishlariga Turkiyaning Suriya chegarasi bilan grek orollarida borgan sari ortib borayorgan muhojirlar sonining sabab bo’layotganligi aytildi.

Prezident Erdo'g’an 22-dekabr kuni Suriyaning Idlib shahrida avj olgan to’qnashuv ortidan chegara tomon yo’l olgan muhojirlar oqimi borligini va Turkiyaning bu yukni bundan buyon bir o’zi ko’tarish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar