Afg’onistonda Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y berdi

Otishmada uch nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi, to'qqiz nafar xavfsizlik xodimi jarohatlandi.

1323952
Afg’onistonda Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y berdi

 

Afg’onistonning G’o’r viloyatida Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada uch nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda G’o’r viloyati hokimi G’ulom Nosir Hazi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Davlatyor tumanida xavfsizlik kuchlari tomonidan Tolibonga qarshi harbiy operatsiya o’tkazildi.

Operatsiya doirasida sodir bo’lgan otishmalarda 3 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 9 nafari jarohatlangan.

Shuningdek, 23 jangari o’ldirilgan.

Operatsiya natijasida Tolibon nazoratidagi bir necha qishloq jangarilardan tozalangan.

“Tolibon” harakati mavzu haqida biron izoh bildirmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar