Donald Tramp Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bilan Oq uyda uchrashuv o’tkazdi

“Bolgariya bizdan F-35 harbiy samolyotlari va boshqa texnikalarni harid qilmoqchi. Shuningdek, AQShdan bir qancha harbiy vositalar sotib oldilar”,-deb aytgan Donald Tramp.

1312611
Donald Tramp Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bilan Oq uyda uchrashuv o’tkazdi

 

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bilan Oq uyda uchrashuv o’tkazdi.

Tramp uchrashuv oldidan matbuotga bergan brifingda uchrashuv unumli o’tishiga umid bildirgan.

“Bolgariya bizdan F-35 harbiy samolyotlari va boshqa texnikalarni harid qilmoqchi. Shuningdek, AQShdan bir qancha harbiy vositalar sotib oldilar”,-deb aytgan Donald Tramp.

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov ham uni Oq uyda kutib olgan Trampga minnatdorlik bildirdi.

“Vizalar bilan bog’liq muammoni hal qilishdan umidvormiz”,-deb aytgan Bolgariya bosh vaziri.

Donald Tramp va Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov uchrashuvidan so’ng matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda ikki davlat o’rtasidagi do’stlik va ittifoqdoshlikka diqqat qaratildi.

“AQSh va Bolgariya mudofaa texnologiyalari va industriya bo’yicha hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #Boyko Borisov , #Bolgariya , #AQSh

Aloqador xabarlar