Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar paytida halok bo'lganlar soni 100 kishiga ko’tarildi.

Juma kunidan beri Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar paytida halok bo'lganlar soni 100 kishiga ko’tarildi.

1297657
Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar paytida halok bo'lganlar soni 100 kishiga ko’tarildi.

Juma kunidan beri Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar paytida halok bo'lganlar soni 100 kishiga ko’tarildi.

Iroq parlamentining inson huquqlari bo'yicha vakili tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, poytaxt Bog'dod va mamlakatning markaziy va janubi shaharlarida so'nggi 6 kun ichida norozilik namoyishlari paytida halok bo'lganlar soni 100 kishiga ko’tarildi.

Berilgan bayonotda, namoyishlar va xavfsizlik kuchlaridan yaralanganlar soni esa 5 ming 500ga ko’tarildi.

Boshqa tomondan, xavfsizlik kuchlarining Bog'doddagi "Yashil zona" ga o'tishga uringan namoyishchilarga aralashishi natijasida bir kishi halok bo'ldi va 70 kishi jarohat oldi.

Xavfsizlik manbalariga ko'ra, Iroq poytaxtida hukumat binolari va xorijiy vakolatxonalar joylashgan Yashil Zonada joylashgan AQShning Bag'doddagi elchixonasi yaqinida raketa hujumi amalga oshirilgan.

Hujumda 1 nafar Iroq askari ham halok bo’ldi.

Iroqliklar mamlakatning turli burchaklarida ishsizlik, korruptsiya va davlat xizmatining yetishmasligiga qarshi norozilik namoyishlari o'tkazmoqda.

Oktabr oyi boshida ko'chalarga chiqqan faollar Erbain marosimlari tufayli tanaffus bergan edilar,  juma kuni namoyishlarini qayta boshladilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #100 nafar , #Namoyish , #Iroq

Aloqador xabarlar