Afg’oniston hukumati Al-Bag‘dodiyning o’ldirilishiga munosabat bildirdi

Afg’oniston hukumati ashaddiy terrorist al-Bag‘dodiyning o’ldirilishi Afg’oniston xavfsizligi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

1296067
Afg’oniston hukumati Al-Bag‘dodiyning o’ldirilishiga munosabat bildirdi

 

 

Afg’oniston hukumati DAISh terror tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o’ldirilishiga munosabat bildirdi.

Hukumat ashaddiy terrorist al-Bag‘dodiyning o’ldirilishi Afg’oniston xavfsizligi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, al-Bag‘dodiy butun insoniyatning dushmani va dunyo uchun o’ta xavfli terrorist ekanligi qayd etildi.

Afg’oniston xalqi yillar mobaynida terrorizmdan jabrlangan davlat ekanligi eslatildi.

Al-Bag‘dodiyning o’ldirilishini mamnuniyat bilan kutib olgan Afg’oniston hukumati, bu voqea nafaqat Yaqin sharqqa, balki butun dunyoga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ma’lum qildi.

Eslatish joizki, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp DAISh terror tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Amerika harbiylari o‘tkazgan maxsus operatsiyada o‘ldirilganini e’lon qilgandi.

“Al-Bag‘dodiyning o‘limi sabab dunyoda adolat qaror topdi”,-deb aytgan Tramp.

 

 



Aloqador xabarlar