Vladimir Zelenskiy Oliy rada vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Bunga ko’ra, mamlakatda 2019 yil 21 iyulda navbatdan tashqari parlament (Oliy rada) saylovlari bo’lib o’tadi.

1205917
Vladimir Zelenskiy Oliy rada vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy rada vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati bayonot berdi.

Bayonotda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Oliy rada vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganligi qayd etildi.

Bunga ko’ra, mamlakatda 2019 yil 21 iyulda navbatdan tashqari parlament (Oliy rada) saylovlari bo’lib o’tadi.

"Ukraina parlamentiga (Oliy rada) navbatdan tashqari saylovlar 2019 yil 21 iyulda bo‘lib o‘tishi belgilansin",-deyiladi hujjatda.

Eslatish joizki, o’tgan oy mamlakatda bo’lib o’tgan prezident saylovlarida g’alaba qozongan Zelenskiy 20 may dushanba kuni prezidentlikka qasamyod qabul qilgan edi va Ukraina prezidenti lavozimiga kirishgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Oliy rada , #Vladimir Zelenskiy , #farmon

Aloqador xabarlar