Iroq AQSh va Xitoy bilan neft bo’yicha shartnoma imzolamoqchi...

“AQShning “ExxonMobil” kompaniyasi va Xitoyning “PetroChina” kompaniyasi bilan qiymati 53 mlrd dollarlik shartnoma imzolashga tayyorlanyabmiz”,-deb aytgan Iroq bosh vaziri.

1197301
Iroq AQSh va Xitoy bilan neft bo’yicha shartnoma imzolamoqchi...

 

Iroq AQSh va Xitoy bilan neft bo’yicha shartnoma imzolamoqchi.

Bu haqda Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi ma’lum qildi.

“AQShning “ExxonMobil” kompaniyasi va Xitoyning “PetroChina” kompaniyasi bilan qiymati 53 mlrd dollarlik shartnoma imzolashga tayyorlanyabmiz”,-deyiladi ma’lumotda.

Abdulmehdi poytaxt Bog’dodda o’tkazilgan matbuot anjumanida mavzu tafsilotlariga to’xtalib o’tgan.

“Hozirda Iroq neft vazirligi “ExxonMobil” va “PetroChina” kompaniyalari bilan neft bahosi pasaygan yoki ko’tarilgan taqdirda, tushgan foydani qanday taqsimlash masalasida bosh qotiryabdilar”,-deb aytgan Iroq bosh vaziri.

Ta’kidlanishicha, mazkur shartnoma muddati 30 yillik bo’lib, bu vaqt mobaynida 400 mlrd dollardan ortiq foyda qo’lga kiritilishi rejalanmoqda.

Bundan tashqari, shartnoma asosida Iroq janubidagi “Nahr bin Umar” va “Artavi” neft konlarida amalga oshiriladigan investitsion loyihalar natijasida neft qazib olishni kundalik 125 ming barrildan 500 ming barrilga chiqarish ham rejalanmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh , #ExxonMobil , #PetroChina , #neft shartnomasi

Aloqador xabarlar