Afg’onistonda Tolibon hujumida 8 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi

“Tolibon” harakati jangarilari Xo’ja Bahouddin tumanida joylashgan politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi.

1196474
Afg’onistonda Tolibon hujumida 8 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi

 

Afg’oniston shimoli sharqida “Tolibon” harakati jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi.

Hujumda 8 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Tahhor viloyati hokimligi vakili Muhammad Javod Hijriy ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bir guruh jangarilar Xo’ja Bahouddin tumanida joylashgan politsiya nazorat uchastkasiga hujum qilgan. Hujumdan so’ng otishmalar boshlangan.

Hududga qo’shimcha xavfsizlik kuchlari safarbar etildi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar