Shri Lanka prezidenti mudofaa vaziri va xavfsizlik boshqarmasi rahbarining iste'fosini talab qildi

Mamlakat prezidenti xalqqa murojaatida, mamlakatda sodir etilgan portlashlar bilan bog’liq razvedka ma’lumotlari berilmaganligini bildirib, javobgar mutasaddilarga nisbatan qattiq chora ko’rilishini ta’kidlagan edi.

1189185
Shri Lanka prezidenti mudofaa vaziri va xavfsizlik boshqarmasi rahbarining iste'fosini talab qildi

 

Shri Lanka davlat rahbari Maytripala Sirisena Mudofaa vaziri Hemasiri Fernando va xavfsizlik bosh boshqarmasi rahbari Pujith Jayasundaradan lavozimdan iste’fo etishini talab qildi.

Shri Lanka prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, prezident Maytripala Sirisena Fernando va Pujith Jayasundaradan iste’foga chiqishini talab qilgan.

Mamlakat prezidenti televideniye orqali xalqqa murojaatida, Pasxa bayrami kunlari katolik cherkovlarida va mehmonxonalarda sodir etilgan portlashlar bilan bog’liq razvedka ma’lumotlari berilmaganligini bildirib, javobgar mutasaddilarga nisbatan qattiq chora ko’rilishini ta’kidlagan edi.

Prezidentning ta’kidlashicha, politsiya va xavfsizlik kuchlari qayta isloh etiladi, mudofaa kuchlaridagi rahbarlar 24 soat ichida ishdan olinadi.

Avvalroq, Hind razvedkasi Shri Lanka vakillarini mamlakatda sodir bo’lishi kutilayotgan birinchi teraktdan 2 soat avval ogohlantirganligi iddao qilingandi.

Shuningdek, Pokiston bosh vazirligi bayonotiga ko’ra, Pokiston bosh vaziri Imron Xon Shri Lanka bosh vaziri bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqotda Shri Lanka hukumati va xalqiga hamdardlik bildirgan Pokiston bosh vaziri Imron Xon, terrorizmga qarshi kurashda Shri Lanka bilan yaqindan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Eslatish joizki, 21 aprel yakshanba kuni Shri Lanka poytaxti Kolombo shahri markazidagi uchta “lyuks” mehmonxona - “Shangri-La”, “Tsinnamon Grand” va “Kingsberi” otelida hamda katolik cherkovida portlashlar ro‘y berdi.

Xuddi shu vaqtda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda ham portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.

Bu portlashlar ortidan poytaxt Kolomboning Dehivala hududidagi mehmonxona yaqinida va Dematogo hududidagi ko’prik yaqinida ham portlash sodir etildi.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, DEASh terror tashkiloti Shri-Lankada sodir etilgan teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Shri Lanka , #terakt , #portlash , #DEASh , #ISHID

Aloqador xabarlar