Pokistonda sodir bo'lgan qurolli hujumda 14 kishi halok bo'ldi

Pokiston bosh vaziri Imron Xon bu hodisani “terrorchilik harakati” deb atadi va halok bo’lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

1185668
Pokistonda sodir bo'lgan qurolli hujumda 14 kishi halok bo'ldi

 

 

Pokiston janubi g’arbidagi Belujiston shtatida kimligi noma’lum bir guruh qurolli kishilar yo’lda harakatlanayotgan avtobusni to’xtatib, 14 yo’lovchini qatl etgan.

Qurolli kishilar Karachi shahri bilan Gvadar portiga tomon ketgan magistralda bir yo’lovchi avtobusini to’xtatgan va ichidagi yo’lovchilarning shaxsiy hujjatlarini tekshirgan.

Voqea joyida yuzaga kelgan tortishuvda 14 yo’lovchi qurolli kishilar tomonidan otib tashlangan.

Xavfsizlik kuchlari voqea tafsilotlarini tekshirmoqda.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon bu hodisani “terrorchilik harakati” deb atadi va halok bo’lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #qurolli hujum

Aloqador xabarlar