Jazoirda prezident saylovlari 4 iyulda bo‘lib o‘tadi

Jazoir prezidenti lavozimini vaqtinchalik egallab kelayotgan Abdulqodir Binsalih mamlakatda prezident saylovlari 4 iyulda bo‘lib o‘tishini e'lon qildi.

1181070

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mamlakatda prezidentlik saylovlari 4 iyulda o’tkazilishi qarorlashtirildi.

20 yildan buyon davlatni boshqarib kelayotgan va oxirgi yillarda salomatligi yomonlashgan Buteflika 5-prezidentlik muddatiga nomzodini ilgari surishini ma'lum qilgandan keyin Jazoirdagi norozilik namoyishlari boshlangan edi. 

Buteflika xalqning namoyishlari natijasida 18 aprelda o’tkazilishi rejalangan saylovlarni keyinga qoldirgan edi.

Prezident lavozimni bo’shatmagach, norozilik namoyishlari yanada kuchaydi, so’ngra qurolli kuchlarning ogohlantiruvi bilan Buteflika 2 aprelda iste'fo etgan edi.

Shu bilan, davlat konstitutsiyasiga ko’ra, mamlakat parlamenti 2 aprelda iste'foga ketgan Buteflika o‘rniga Abdulqodir Binsalihni vaqtinchalik prezident etib tayinlagan edi.

Tanlangan kalimalar: #Jazoir , #prezident saylovlari

Aloqador xabarlar