Sochi kelishuviga qaramay Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda bugun yana 5 kishi jon berdi

Sochi kelishuviga qaramay Idlibga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida bugun, bir oilaning o'zidan yana 5 kishi jon berdi.

1167917
Sochi kelishuviga qaramay Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda bugun yana 5 kishi jon berdi

Suriyaning Idlib viloyatidagi, “taranglikni kamaytirish” chegarasida o’rin olgan al-Fakii qishlog’iga qarshi uyushtiirlgan havo hujumi oqibatida bir oilaning o’zidan yana 5 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 5 kishi tan jarohati oldi.

Idlibning g’arb va janubiy-sharqidagi qishloqlarga qarshi kecha kechqurun havo hujumi uyushtirildi.

Muxolafat guruhiga ko’ra, Lazkiyadagi Himeymim bazasidan Rossiyaga oid 6 ta urush uchog’i, mahalliy vaqt bilan 01:00 chog’larida osmonga ko’tarilib, hujum uyushtirgan.

Sahargacha davom etgan mazkur hujum oqibatida bir oilaning o’zidan 5 kishi jon bergan. Ulardan 4 nafari oilaning farzandi, 1 nafari esa oilaning otasi. Harbiy bo’lmagan (oq kaskaliklar) guruh oilaning onasini yarador ravishda qutqarib qolgan.

Asad rejimi bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning Sochi kelishuviga amal qilmagan holda, Idlibdagi taranglikni kamaytirish zonasi chegarasidagi tinch aholining turar-joy punktlariga qarshi bu yilning boshidan beri havodan va quriqlikdan uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 152 nafar tinch aholi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 445 dan ortiq tinch aholi tan jarohati olgan.

Rejim kuchlari Turkiya va Rossiya o’rtasida Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish haqidagi kelishuvning kuchini yana-da orttirish uchun qo’l qo’yilgan Sochi kelishuviga qaramay vaqti-vaqti bilan hujumlarini davom ettirmoqda.

Rossiya rejim kuchlari hujumining oldini olishdan javobgar chunki Rossiya Ostona kelishuvi asosiga ko’ra Asad rejimining kafil mamlakati hisoblanadi.

Harbiy muxolafat guruh esa 2018-yilning 17-sentabri kuni qo’l qo’yilgan Sochi kelishuvi nazarda tutgan hududni og’ir qurollardan 2018-yilning 10-oktabrida xalos qilgan.

 

 



Aloqador xabarlar