Putin, “Yangi Zelandiyadagi hujumdan maqsad, mamlakatni ostin-ustun qilishdir” dedi.

Putin Qrim va Sevastopol shahrida jamoa vakillari bilan bo’lgan uchrashuvida, Yangi Zelandiyadagi terror hujumiga to’xtaldi.

1166349
Putin, “Yangi Zelandiyadagi hujumdan maqsad, mamlakatni ostin-ustun qilishdir” dedi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Yangi Zelandiyada ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan terror hujumidan maqsad, mamlakatni ostun-ustin qilish ekanligini qayd etdi.

Putin Qrim va Sevastopol shahrida jamoa vakillari bilan bo’lgan uchrashuvida, Yangi Zelandiyadagi terror hujumiga to’xtaldi.

Hujumda jon berganlar uchun chuqur qayg’uda ekanligini yetkazgan Putin,

“Yangi Zelandiyadagi dahshatli hujumdan maqsad, mamlakatni ostin-ustun qilishdir” dedi.

Terror hujumlarining har bir mamlakat uchun xavfli ekanligini belgilab o’tgan Putin, Rossiyaning bunday hujumlarga ruxsat bermasligini qayd etdi.

Aytib o’tish joizki Yangi Zelandiyaning Christchurch shahrida, juma namozi vaqtida 10 daqiqa orasida ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan terror hujumida 50 kishi jon bergandi.



Aloqador xabarlar