Rejim kuchlari Sochi kelishuviga qaramay haligacha Idlibga hujum qilmoqda

Asad rejimi bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning Sochi kelishuviga qaramay Idlibga hujum qilishi oqibatida bu yilning boshidan beri kamida 121 nafar tinch aholi jon bergan.

1160714
Rejim kuchlari Sochi kelishuviga qaramay haligacha Idlibga hujum qilmoqda

Bashar al-Asad rejimi bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning Suriyaning Idlib viloyatidagi “taranglikni kamaytirish zonasi” chegarasidagi tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi qo’l urgan hujumlari natijasida 4 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 6 kishi tan jarohati oldi.

Kecha kechqurun Idlibning Xon Shayhun, Serakib va Kef Renbil tumani, Um Jalol, al-Halahil va Xon as-Subul qishlog’i, al-Tamniya bilan al-Tuh shaharchasi va Hama viloyatining shimoldagi Latamina va Kefer Zita tumaniga qarshi hujum uyushtirildi.

Idlibdagi harbiy bo’lmagan mudofaa tashkiloti (oq kaskaliklar) rahbari Mustafa Xoji Yusuf mavzu haqida bergan bayonotida, 

“Idlibning janubiy-sharqida joylashgan Xon Shayhun tumaniga qarshi kecha kechqurun 51 marotaba raketa orqali hujum qilindi. Oqibatida 4 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 6 kishi tan jarohati oldi va ular orasida yosh bola va ayollar ham bor “ dedi.

Rejim kuchlari kecha Hamaning, “Idlibdagi taranglikni kamaytirish zonasi” chegarasiga doxil bo’lgan Morik tumanidagi harbiy bo’lmagan mudofaa tashkiloti markaziga hujum qilgandi. Oqibatida, markazda ishlaganlardan bir kishi jon bergandi.

Asad rejimi bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning Sochi kelishuviga amal qilmagan holda, Idlibdagi taranglikni kamaytirish zonasi chegarasidagi tinch aholining turar-joy punktlariga qarshi bu yilning boshidan beri havodan va quriqlikdan uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 121 nafar tinch aholi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 348 dan ortiq tinch aholi tan jarohati olgan.



Aloqador xabarlar