Jammu Kashmir xavfsizlik kuchlari konvoyiga qilingan hujumda 10 askar halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra,  Hindistonning Jammu, Kashmir, xavfsizlik kuchlari konvoyiga qilingan bombardimon hujumda 10 askar halok bo'lgan va 35 askar yaralangan.

1145502

Politsiya xodimi Muneer Ahmad xon, Srinagar shahariga qarab yo’l olgan  xavfsizlik kuchlari bo’lgan konvoyga, Pampore shaharchasiga yetib borgan paytda bomba ortilgan vosita bilan uyushtirilgan hujumda kamida 10 nafar askar  halok bo’ldi, 35 nafar yaralandi deb ta’kidladi.

Xon, portlashda bir avtobus  yaroqsiz holga kelganini va kamida beshta boshqa transport vositasi ham  zarar ko'rganini aytdi.

Hujumdan keyin xavfsizlik kuchlari hududga yetib borganini aytgan Xon,  yaradorlar  kasalxonaga yotqizilganini aytdi.

Hindiston ommaviy axborot vositalarining  xabar berishicha, ko'plab markaziy zaxiradagi politsiya kuchlari (CRPF) xodimlari  bo’lgan konvoyda 70ta vosita mavjud  deb qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Jammu , # Kashmir , #Hujum

Aloqador xabarlar