Boko Haramga qarshi olib borilgan operatsiyada samolyot qulab tushdi...

Nigeriyaning shimoli sharqida Boko Haramga qarshi uyushtirilgan havo operatsiyasi paytida bir harbiy samolyotning tushishi natijasida 5 askar jon berdi.

1119089
Boko Haramga qarshi olib borilgan operatsiyada samolyot qulab tushdi...

 

Nigeriyaning shimoli sharqida terror tashkiloti Boko Haramga qarshi uyushtirilgan havo operatsiyasi paytida bir harbiy samolyotning tushishi natijasida 5 askar jon berdi.

Havo kuchlari voizi general Ibikunle Daramola, Mi-35M tipi harbiy samolyotning, Borno viloyatiga bog'li Damashk hududida Boko Haram tashkilotiga qarshi operatsiya olib borgan paytda tushgani bildirildi.

Samolyotning tushish sababini bildirmagan Daramola, "Afsuski Mi-35M samolyotining tushishi natijasida 2 uchuvchi 5 askarimiz qurbon bo'ldi" dedi.

Shuningdek, samolyotning Boko Haramning hujumi natijasida tushish ham e'htimoldan xoli emas.

Nigeriyada 2000- yilning boshida beri o'z borligini ko'rsatishga boshlagan Boko Haramning 2009 yildan e'tiboran uyushtirgan ommaviy qirg'inlarida 20 mingdan ziyod kishi hayotini yo'qotdi.

Tashkilot, 2015 yildan beri o'lkaning chegara qo'shnusi Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirib kelmoqda.

Tashkilotning, Chad ko'li atrofidagi hujumida kamiga 2 ming kishi qurbon bo'ldi.

 



Aloqador xabarlar