Falastin hukumati BMT AQShning rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berganligini ijobiy baholadi

Falastin prezidentlik apparati AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz bergan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirdi.

1102588
Falastin hukumati BMT AQShning rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berganligini ijobiy baholadi

Falastin hukumati BMT Bosh assambleyasida AQShning Falastindagi Xamas harakati faoliyatini qoralovchi rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berganligini ijobiy baholadi.

Bu haqda Falastin rasmiy xabar agentligi Wafa xabar beradi.

Xabarga ko’ra, Falastin prezidentlik apparati AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz bergan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirgan.

“Falastinning milliy kurashi qoralanishiga yo’l qo’ymaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Falastin hukumati “Yaqin sharqda keng ko’lamli, haqqoniy va doimiy tinchlik” uchun 1967 yilgi chegaralarga amal qilinadigan ikki davlatli yechimga e’tibor qaratgan Irlandiyaning qaror taklifi BMT Bosh assambleyasida qabul qilinganligini ham mamnuniyat bilan kutib oldi.

AQShning Falastindagi Xamas harakati faoliyatini qoralovchi va ikki davlatli yechimdan bahs yuritilmagan rezolyutsiya loyihasi BMT Bosh assambleyasida ovozga qo’yish jarayonida rad etilgan edi.

Loyihaga 87 davlat ovoz bergan, 57 davlat qarshi chiqqan, 33 davlat betaraf bo’lgan edi.

Hujjat zarur bo‘lgan ovozni to‘play olmagan. Unga qarshi Rossiya, arab va Lotin Amerikasi davlatlari qarshi chiqqan.  

BMT Bosh assambleyasi qarorlari “tavsiya” sifatiga ega bo’lganligi va huquqiy hukmi yo’qligiga qaramay, xalqaro maydondagi siyosiy kuchi tufayli e’tiborga olinadi.

 



Aloqador xabarlar