Saudiya Arabistoni Bosh konsulligi tintuv o’tkazishi uchun Turkiyani taklif qildi

Saudiya Arabistoni Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga kirganidan keyin yo’qolib qolgan jurnalist Jemal Kashikchi voqeasi ustidan Turk vakillarni Bosh konsullik binosiga taklif qildi.

1065513

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vazirligiga saudiyalik rasmiylar maktub yuborar ekan unda turkiyalik vakillar Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligi binosiga taklif qilingan.

Maktubda:

“Saudiya Arabistoni Qirolligi, qardosh Turkiya Respublikasiga hurmat bajo keltiradi va Saudiya Arabistoni Qirolligining Saudiya Arabistoni fuqarosi Hamza o’g’li Jamol Ahmad Kashikchining yo’qolib qolish masalasiga aniqlik kiritilishini xohlaydi va bunga alohida e’tibor beradi. Shuningdek Turkiya Respublikasi hukumati bilan bo’lgan hamkorlik munosabati tufayli turkiyalik vakillarni Istanbul Bosh konsulligiga taklif qiladi” degan ifodalarga o’rin berilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati voizi Hami Aksoy bugun mavzu haqidagi savollarga yozma ravishda bergan bayonotida, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi masalasi haqida, “Surishturuv doirasida konsullik binosida tintuv ishlari olib boriladi” dedi.

Aytib o’tish joizki Jamol Kashikchi shu yilning 2-oktabri kuni Saudiya Arabistonining Istanbul Bosh konsulligi binosiga hujjatlarni rasmiylashtirgani kirib ortidan yo’qolib qolgan.

Aloqador xabarlar