AQShning Janubiy Karolina shtatida otishma ro'y berdi

Bu haqda Florence hududi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

1062429
AQShning Janubiy Karolina shtatida otishma ro'y berdi

AQShning Janubiy Karolina shtatida joylashgan hashamatli mahallada otishma sodir bo’ldi.

Otishmada bir nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Florence hududi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, otishma boylar yashaydigan “Vintage Place” nomli mahallada ro’y bergan.

Tintuv uchun kirgan uyda politsiya xodimlariga o’q uzilgan.

O’q uzgan shaxs uydagi bolalarni taxminan ikki soat mobaynida garovga olgan.

Voqea joyida politsiya xodimlaridan biri halok bo’lgan.

Yaralangan 6 nafar politsiya xodimi shifoxonaga yotkizilgan, aybdor shaxs qo’lga olingan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter orqali voqeani qoralagan.

 “Bugun duolarim sizlar bilan. Xavfsizlik xodimlarimiz 24 soat, 7 kun, 365 kun biz uchun xizmat qilganlari uchun minnatdormiz”,-deb yozdi Tramp Twitterdagi sahifasida.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Florence , #otishma

Aloqador xabarlar