AQShning Kaliforniya shtati o’rmon yong’inlariga qarshi kurashmoqda

Fojia tufayli 21 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan. O’n minglab gektar ekin maydoni kulga aylangan.

1030942
AQShning Kaliforniya shtati o’rmon yong’inlariga qarshi kurashmoqda

AQShning Kaliforniya shtatidagi o’rmon yong’inlari davom etmoqda.

Quruq va issiq havo yana boshqa joylarda ham yong’inlar paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda.

Qolaversa, shamol ta’sirida tezda atrofga tarqalishi vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Tumanlar Kanada va Nyu-Yorkkacha yetib bordi.

Shtat miqyosida 20 hududda o’t o’chiruvchilar xizmat ko’rsatmoqda.

O’t o’chirish faoliyatlariga 600 nafar mutahassis safarbar etilgan.

Shtat qamoqxonasidagi mahbuslar ham o’t o’chirish faoliyatlariga ko’mak bermoqda.

Avstraliya va Yangi Zelandiyadan bir guruh o’t o’chiruvchilar AQShga yordam berish uchun keldi.

51 yoshdagi bir shaxs shtatdagi milliy o’rmonga o’t qo’yganligi haqidagi gumon bilan qo’lga olindi.

Aytishlaricha, u qo’shnilaridan o’ch olish maqsadida yong’in sodir qilgan.

Fojia tufayli 21 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan. O’n minglab gektar ekin maydoni kulga aylangan.

Tegishli vakillarning aytishicha, o’rmon yong’inlari sentyabr oyigacha davom etishi mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Kaliforniya , #o'rmon yong'inlari

Aloqador xabarlar