Eron AQShning Turkiyaga qarshi kuzatgan siyosati yonida Turkiyani qo’llashini aytdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi voizi Bahram Qosimiy Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiyaga qarshi kuzatgan siyosatini tanqid qilgan holda, Turkiyani qo'llab-quvvatlashini aytd,.

1030591
Eron AQShning Turkiyaga qarshi kuzatgan siyosati yonida Turkiyani qo’llashini aytdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi voizi Bahram Qosimiy Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiyaga qarshi kuzatgan siyosatini tanqid qilgan holda, Turkiya uchun har qanday yordamga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

Eron davlat telekanaliga shu haqida intervyu bergan Qosimiy, “Turkiya va turk xalqi tashqaridan nazorat qilingan bosimlar oldida muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin” dedi.

Qosimiy oxirgi kunlardagi Turkiya-AQSh munosabati haqida esa, AQSh sanksiyalari oldida Turkiyaning yonida ekanliklarini qayd etdi.

Turkiya bilan Eronning bir-biri bilan yaxshi do’st bo’la olishi mumkinligini ifoda etgan Qosimiy, “Xalqlarning irodasi, zo’rovonlik va tahdidlar bilan o’zgartirilmaydi” deya gapirdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi voizi, Eronga qo’shni bo’lgan boshqa davlatlarning ham Eronni o’zlariga yaqin his qilishlari kerakligini eslatgan holda, mintaqa davlatlari orasidagi hamkorlikning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

 

 



Aloqador xabarlar