Iroqda DAISh faol bo’lgan davrlarda davlat idoralarida mehnat qilgan xodimlar ishdan bo’shatilmoqda

“DAISh bilan til biriktirib, ularga har tomonlama yordam berganlarga boshqa imkon bermaslik kerak”,-dedi Mo’sul hokimi.

1028086
Iroqda DAISh faol bo’lgan davrlarda davlat idoralarida mehnat qilgan xodimlar ishdan bo’shatilmoqda

Iroqning Mo’sul shahrida DAISh faol bo’lgan davrlarda davlat idoralarida mehnat qilgan xodimlar ishdan bo’shatilmoqda.

Mo’sul hokimi Nofel Hummadi as-Sulton bu haqdagi qarorni tasdiqladi.

Mo’sul viloyat majlisi DAISh faol bo’lgan davrda shahardagi davlat idoralarida yuqori lavozimlarda mehnat qilgan xodimlarning ishdan olinishi to’g’risida qaror qabul qildi.

“DAISh bilan til biriktirib, ularga har tomonlama yordam berganlarga boshqa imkon bermaslik kerak”,-dedi Mo’sul hokimi.

Uning so’zlariga ko’ra, bu qaror yaqin kunlarda kuchga kiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mo'sul , #DAISh , #davlat xodimlari

Aloqador xabarlar