Yunonistondagi o'rmon yong'inlaridan o'zini mas'ul deb topgan vazir o'rinbosari iste'fo etdi

“Avval aytganimdek, yuzaga kelgan tabiiy ofat va ko’plab insonlarning halok bo’lishi o’z vazifamni davom ettirish istagimni so’ndirdi”,-dedi jamoatchilik xavfsizligi va mudofaasidan mas’ul davlat vazirining o’rinbosari Nikos Toskas.

1025695
Yunonistondagi o'rmon yong'inlaridan o'zini mas'ul deb topgan vazir o'rinbosari iste'fo etdi

Yunoniston jamoatchilik xavfsizligi va mudofaasidan mas’ul davlat vazirining o’rinbosari Nikos Toskas mamlakatda 90 kishining hayotiga zomin bo’lgan o’rmon yong’inlari tufayli o’z vazifasidan iste’fo etdi.

Bu haqda Yunoniston bosh vazirlik boshqarmasi ma’lum qildi.

“Bosh vazir Chipas Nikos Toskasning iste’fosini qabul qildi va bugungacha ko’rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi”,-deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, Toskas bilan bosh vazir Aleksis Chipras o’rtasida qisqa uchrashuv o’tkazilgan.

Uchrashuvda Nikos Toskas o’tgan hafta taqdim etgan iste’fo maktubini qaytalagan va Chipas ham bu iste’foni qabul qilgan.

“Avval aytganimdek, yuzaga kelgan tabiiy ofat va ko’plab insonlarning halok bo’lishi o’z vazifamni davom ettirish istagimni so’ndirdi”,-dedi Nikos Toskas.

Ma’lumotga ko’ra, o’tgan hafta yong’in fojiasi yuzasidan o’tkazilgan brifingda Nikos Toskas bosh vazir Aleksis Chiprasga iste’fo maktubini taqdim etgan edi, biroq Chipras mana bunday qiyin vaziyatda iste’fo etishning vaqti emasligini bildirib, qabul qilmagan edi.

Eslatma: 23 iyul kuni poytaxt Afina yaqinlaridagi o’rmonzorda ro’y bergan yong’in kuchli shamol ta’sirida tezda atrofga tarqalgan edi. Falokatda 90 dan ortiq inson halok bo’lgandi.

Fojiada 180dan ortiq inson turli jarohatlar olgan, 2 mingga yaqin uy va yuzlab mashina yonib kulga aylangan edi.

 

 



Aloqador xabarlar