Prezident R.T. Erdo'g'an J.Afrikali tadbirkorlarni Turkiyaga da'vat etdi...

Prezident Erdo'g'an, Turkiyaning qo'lga kiritganlariga qaramasdan, bu bilan qolmasligini bildirib, "Yana yuksak cho'qqalarga chiqamiz" dedi.

1021341
Prezident R.T. Erdo'g'an J.Afrikali tadbirkorlarni Turkiyaga da'vat etdi...

Prezident Rejeb Rayyib Erdo'g'an, Turkiya tarixida favqulodda muvaffaqiyatlar qo'lga kiritganiga qaramasdan, bu bilan qolmasligini bildirib, "Yana yuksak cho'qqalarga chiqamiz" dedi.

10- BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xiyo va Janubiy Afrika Jumhuriyatlari) sammiti doirasida Janubiy Afrika Jumhuriyatini ziyorat qilgan Erdo'g'an, o'lkadagi tadbirkorlar bilan ish ziyofatida uchrashdi.

Erdo'g'an bu yerda so'zlarini, erkin Janubiy Afrikaning asoschi sardori va ilk Prezidenti Nelson Mandelani yodga olgan holda boshladi, bu o'lkaning taraqiyotiga, iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga siyosiy iroda bilan birga tadbirkorlarning ham g'ayratlari kerakligini ifoda etdi.

Erdo'gan Turkiyaning so'ngi 16 yilda rivojlanishiga siyosatchilar bilan birga tadbirkorlarning ham katta hissa qo'shganiga diqat qaratdi.

Vazifaga kelgan 2002- yildan beri Turkiya tarixining ulkan iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirganliklarini ifoda etgan Prezident, "Atrofimizda ro'y berayotgan, barqarorsizlik, to'qnashuvlar, tarangliklar va qonli to'ntaruvlarga qaramasdan davlatimiz 2017 yil 7,4 % rivojlandi. Bu bilan G20 davlatlari orasida ilk, OECD a'zolari orasida ikkinchi o'rindamiz. Tariximizda eng katta muvaffaqiyatga erishganimizga qaramasdan bu bilan qolmaymiz. Yana ham cho'qqalarga ko'tarilamiz. Davomli rivojlanish uchun intildirk. Umuman Afrika qit'asi, asosan Janubiy Afrika Jumhuriyati bilan ham ayni tushunchalar doirasida harakat qilayapmiz" dedi.

Ikki o'lka o'rtasida 2,2 million dollar bo'lgan tijorat hajmining qoniqarli bo'lmaganiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, buni ilk bosqichda 10 milliard dollarga ko'tarish kerakligini ifoda etdi.

Turkiya davlati sifatida Afrikaning chin do'sti, taqdir sherigi bo'lisni istaganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, "Maqsadimiz birga qozonib birga harakar qilish" dedi.

Afrikali tadbirkorlarga, "Sizlardan Turkiyaga ishonishingizni va samarali sarmoya muhitiga intilishingizni so'rayman" degan Erdo'g'an, keyingi yig'ilishning Istanbulda bo'lishi uchun ta'luqli vazirlar va vakillarning bunga ko'ra tayyorlanishini istadi.



Aloqador xabarlar