YP, YI 60 dan ziyod davlat fuqarosining oldindan ro'yxatdan o'tish qarorini tasdiqladi

YP, YI davlatlariga vizasiz sayohat qilish haqi bo'lgan 60 dan ziyod davlat fuqarosining oldindan ro'yxatdan o'tish qarorini tasdiqladi.

1006546
YP, YI 60 dan ziyod davlat fuqarosining oldindan ro'yxatdan o'tish qarorini tasdiqladi

Yevropa Parlamenti (YP), Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlariga vizasiz sayohat qilish haqi bo'lgan 60 dan ziyod davlat fuqarosining oldindan ro'yxatdan o'tish qarorini tasdiqladi.

Fransiyaning Strasburg shahrida davom etgan YP umumyi kengashi, Mojar a'zosi Kinga Gal tomonidan tayyorlangan hisoboti va mavzuga doir o'zgarishni tasdiqladi.

YI komissiyasi tomonidan boshlatilgan faoliyatlar bilan kun taritiba kelgan va Yevropa Sayohat Birligi va Salohiyatlantirish Tizimi (ETIAS) deb aytilgan o'zgarish, YIga vizasiz sayohat qiladigan barcha yo'lovchilarning internet orqali ro'yxatdan o'tish majburiyati keltirdi.

Turkiya ham oralarida bo'lgan 60 dan ziyod o'lka fuqarosini qiziqtirgan o'zgarishga ko'ra, YIga erkin sayohat etadigan kishilarning, 2020- yildan e'tiboran sayohatdan avval tug'ilgan yili, jinsiyati kabi ma'lumotlar bilan bir qatorda, nijoiy ishlarga aralashib aralashmagani, urush hududlarida bo'lib bo'lmagani kabi savollar joy olgan anketani to'ldirishi kerak.

Sistema 7 yevro evaziga qayd etmoqda.

Qaydlar 3 yil yohud sayohat hujjatining muddati bo'yicha o'tarli, 18 yoshdan kichik va 70 yoshdan kattalarning pul to'lamasligi bildirildi.

Umumiy Kengashda 115 ovozga qarshi 494 a'zoning qabul qilishi va 30 nafarining tarafsizligi bilan qabul qilingan YI vazirlar kengashi tomonidan qo'l qo'yilgandan keyin, YI rasmiy gazetasida chop etilib  eng kech 2021- yili kuchga kirishi mo'ljallanmoqda.



Aloqador xabarlar