G’arbiy Sheriyaning Nablus shahrida Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida to'qnashuv...

To’qnashuvlarda 17 kishi yaralandi, ko’plab falastinlik gaz bombasidan zaharlandi.

1000083
G’arbiy Sheriyaning Nablus shahrida Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida to'qnashuv...

G’arbiy Sheriyaning Nablus shahrida Isroil askarlari bilan falastinliklar o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvda falastinlik 18 kishi yaralandi.

Falastin qizil yarim oy jamiyatining yozma bayonotiga ko’ra, erta tongda bir guruh yahudiy Yusuf maqbarasiga bosqin uyushtirdi. O’sha vaqtda falastinliklar bilan Isroil askarlari o’rtasida to’qnashuv ro’y berdi.

To’qnashuvlarda 17 kishi yaralandi, ko’plab falastinlik gaz bombasidan zaharlandi.

Voqea joyida falastinlik ikki kishi qo’lga olindi.

Nablusda joylashgan Yusuf maqbarasi yahudiylar tomonidan muqaddas dargoh sifatida qabul qilingan.

Yahudiylar Yusuf payg’ambarning suyaklari Misrdan olib kelinib bu yerga dafn qilinganligiga ishonadi.

Falastinlik tarixshunoslarning aytishicha, bu maqbaraning o’tmishi bir necha asrga borib taqaladi. Bu maqbara Yusuf payg’ambarga emas, balki Yusuf Duveykat ismli olimga oid.


Tanlangan kalimalar: #G'arbiy Sheriya , #Nablus , #Isroil , #Falastin

Aloqador xabarlar