AQShning Luiziana shtatida Isroilni boykot qilgan kompaniyalarga bosim kuchaydi

AQShning Luiziana shtatida Isroilni boykot qilgan kompaniyalarga kim oshdi savdolaridan joy berilmaslik to’g’risida qarornoma imzolandi.

980497
AQShning Luiziana shtatida Isroilni boykot qilgan kompaniyalarga bosim kuchaydi

AQShning Luiziana shtatida Isroilni boykot qilgan kompaniyalarga kim oshdi savdolaridan joy berilmaslik to’g’risida qarornoma imzolandi.

Ushbu qarornoma Luiziana shtati meri John Bel Edvard tomonidan imzolandi.

Qarornomaga ko’ra, Isroil va uning nazorati ostida bo’lgan hududlarni boykot qilgan kompaniyalar bundan buyon davlat kim oshdi savdolariga kiritilmaydi.

Shuningdek, qarornomada asosan Isroilning Falastindagi qatliom va ishg’ol siyosatiga qarshi butun dunyoni Isroilni boykot qilishga chaqirgan BDS harakatini ayblovchi ifodalar o’rin olgan.

Qarornomaga ko’ra, Luiziana shtatida davlat kim oshdi savdolaridan ish olgan kompaniyalar Isroilni boykot qiluvchi hech qanday faoliyatga aralashmaydi va kelgusida ham aralashmasligiga doir tilxat imzolaydi. Isroilga qarshi boykotni qo’llab quvvatlagan kompaniyalarning shtat ma’muriyati o’rtasida imzolangan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

“Isroil AQShning Yaqin sharqdagi eng yirik ittifoqdoshidir va mintaqadagi yagona demokratik hamkoridir. Isroil bilan bo’lgan azaliy do’stligimiz nafaqat AQShga, qolaversa shtatimizga ham salmoqli foyda keltirdi. Isroilni boykot qilish bu do’stlikka zarar berish demakdir. Luiziana shtatida Isroilni boykot qilish man qilinganidan baxtiyorman”,-deydi Luiziana shtati meri.

Ma’lumotga ko’ra, xozirda AQShning jami 25 ta shtatida Isroilni boykot qilish man qilingan.

Bu shtatlar orasida Mariland, Arizona, Shimoliy Karolina, Pennsilvaniya, Nyu Jersey va Ohio kabi yirik shtatlar o’rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Luiziana shtati , #Isroil , #boykot

Aloqador xabarlar