Arab davlatlari ligasi ertaga Al-Qudsdagi vaziyatni muhokama qiladi

Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida AQShning Isroil elchixonasini Al-Qudsga ko’chirish va Isroilning falastinliklarga tegishli haq va huquqni poymol qilish holatlari muhokama qilinadi.

971953
Arab davlatlari ligasi ertaga Al-Qudsdagi vaziyatni muhokama qiladi

Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlari ertaga Al-Quds masalasi bo’yicha to’planadi.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Arab ligasini Falastin xalqiga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar tufayli “birdamlikda arab pozitsiyasini namoyon qilish” maqsadida shoshilinch yig’ilishga chaqirishi ma’lum qilindi.

Falastinga tegishli Vafa rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefonda muloqot qilgan qirol Salmon Arab ligasi tashqi ishlar vazirlari bilan yig’ilish o’tkazish maqsadini tilga olgan.

Qirol Salmonning ta’kidlashicha, maqsad Falastin xalqiga nisbatan sodir qilingan jinoyatlar oldida birdamlikda arab pozitsiyasini ko’rsatishdir.

Isroilni Falastin xalqiga nisbatan sodir etgan jinoyatlari tufayli qoralagan qirol Salmon poytaxti Sharqiy Quds bo’lgan mustaqil davlat tuzish huquqi qo’lga kiritilguniga qadar Falastin xalqini qo’llab quvvatlashini ma’lum qildi.

Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida AQShning Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko’chirish va Isroilning falastinliklarga tegishli haq va huquqni poymol qilish holatlari muhokama qilinadi.

Arab davlatlari ligasi bugun ham Falastinning talabiga binoan doimiy vakillar ishtirokida shoshilinch yig’ilish o’tkazishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar